Joriy yilning 10 avgust kuni soat 16:20 larda Uchtepa tumani THAY — Poygoh ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1963 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvida bo‘lgan Yutong rusumli avtobusi hamda 1989 yilda tug‘ilgan R.B. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


