1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda erkak ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi

Qo‘riqlash xizmati xodimlari tezkorlik bilan yetib borib, 38 yoshli fuqaroning hayotini saqlab qoldi.

Toshkentda erkak ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda mast holatda bo‘lgan fuqaro o‘zini ko‘prikdan tashlashga uringan videotasvirlar keng tarqaldi.

 

IIV xabariga ko‘ra, joriy yilning 3-yanvar kuni soat 19:18 larda Toshkent shahri, Bektemir tumani, «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikda mast holatdagi fuqaro o‘zini pastga tashlashga harakat qilgan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan Bektemir tumani IIOFMB huzuridagi qo‘riqlash xizmati xodimlari, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaroning hayotini saqlab qolishgan.

 

Hozirda tuman IIOFMB tomonidan voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика