Toshkent shahri Mirobod tumanida 3-dekabr kuni soat 11:20 atrofida “Cherry” rusumli avtomobil haydovchisi boshqariladigan piyodalar o‘tish joyida harakatlanib kelayotgan ayolni urib yuborgani, shundan so‘ng voqea joyidan qochib ketgani ma’lum qilindi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol yo‘lni kesib o‘tayotganida avtomobil katta tezlikda urib ketgan. Jabrlanganga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning bir nechta suyaklari singan.
Shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi haydovchini aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha qidiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.


