Hodisa, bugun 5-oktyabr kuni soat 06:05 da Mirobod tumani Oybek va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. Cobalt va Nexia-3 to‘qnashib ketishi natijasida yong‘in chiqqan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 06:11 da yetib borib, yong‘in soat 06:12 da o‘chirildi. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.


