Ijtimoiy tarmoqda Mirzo Ulug‘bek tumanida 2 nafar shaxs boshqa bir fuqaroning uyi oldidagi daraxtni yashirin ravishda kesib ketishganligi aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, 14 iyul kuni soat 00:55 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalarning birida, 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro M.Z.ning yashash xonadoni oldiga 2 nafar niqob taqqan nomaʼlum shaxs Lacetti avtomashinasida kelib, uyi oldidagi daraxtni kesib ketishgan. Ko‘rilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni 1989 yilda tug‘ilgan O.U. va 1990 yilda tug‘ilgan N.G‘. sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


