1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

Holat bo‘yicha rasmiylar izoh berdi.

Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 148-sonli umumtaʼlim maktabida o‘qituvchi o‘quvchini urgani aks etgan video xabarlar tarqaldi.  Holat yuzasidan shahar Maktabgacha ma maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, maktabda joriy yil davomida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida bepul “Harbiy-sport to‘garagi” tashkil etilgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan tasvirlarda aks etgan jarayonda ushbu maktabning 9-sinf  o‘quvchisi A.A. tomonidan 4-sinf o‘quvchisi P.D.ni urgan holati aks ettirilgan. Bugungi kunda P.D.ning salomatligiga hech qanday zarar yetmagan, sog‘lom.

 

"Holat bo‘yicha  tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi masʼullari tomonidan “Harbiy-sport to‘garagi” faoliyati tugatildi. O‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Tuman voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya xulosasiga asosan ish olib borilishi taʼkidlab o‘tildi", deyiladi munosabatda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика