Xabarga ko‘ra, soat 16:06 da noqulay ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi, daraxt shoxlarining sinishi oqibatida 45 va 46-ustun (opora) oralig‘idagi 110 kVt. yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida qisqa tutashuv bo‘lgan. Shu sababli elektr ta’minotida qisqa muddatda uzilish yuz bergan.
Avariya kuzatilgan qurilma Mirzo Ulug‘bek, qisman Yashnobod va Mirobod tumanlari hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, deyiladi xabarda.
Korxonaning yuqori kuchlanishli tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish xizmati nosozlikni soat 17:05 da to‘liq bartaraf etgan, shundan so‘ng elektr energiyasi qayta tiklangan.


