Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi bir necha ko‘chalarida yo‘l-tamirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi chorrahalarda avtomobillar harakati cheklanadi:
— Mehrjon va Kichik xalqa yo‘li kesishmasi;
— Kichik xalqa yo‘li va Avliyo ota ko‘chalari kesishmasi;
— Temiryo‘lchilar va Sariko‘l ko‘chalari kesishmasi;
— Mehrjon va Sariko‘l ko‘chalari kesishmasi;
— Oybek va Kichik xalqa yo‘li ko‘chalari kesishmasi;
— Turkiston va Kichik xalqa yo‘li kesishmasi.
“Ish jarayonida yo‘l yopilmaydi, balki ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanadi”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligining xabarida.


