1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada qorning qalinligi 2 metrga yetdi

Qalin qor ostida qolgan qishloqlar tashqi dunyodan uzilib qolgan.

Turkiyada qorning qalinligi 2 metrga yetdi

 

Turkiyaning Sharqiy Qora dengiz mintaqasida kuchli qor yog‘ishi kuzatilmoqda, qorning balandligi ikki metrga yetdi. Bu haqda "Hurriyet" nashri xabar berdi.

 

Qor va muz tufayli TrabzonRize, Artvin va Giresundagi boshlang‘ich va o‘rta maktablar faoliyati to‘xtatildi. Bu tabiat hodisasi ayniqsa tog‘li hududlarga eng ko‘p taʼsir ko‘rsatdi. Ayrim qishloqlar tashqi dunyodan uzilib qolgan. Qishloqlarning ko‘chalari tor bo‘lgani uchun aholi punktlarida maxsus texnika ishlay olmaydi. Odamlar uylarini va ko‘chalarni belkurak bilan tozalashmoqda.

 

Avvalroq Yoqutistonda havo harorati -45 ayrim joylarda esa -50 darajaga yetgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика