1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Uchtepada ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Sud uni shahvoniy shilqimlik, mayda bezorilik va IIB talablarini bajarmaslikda aybdor deb topdi.

Uchtepada ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etgan erkak 15 sutkaga qamaldi

 

 

 

 

Toshkent shahri Uchtepa tumanida ayolga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir etgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi.

 

Avvalroq Lutfiy ko‘chasida joylashgan avtobus bekati va yer osti yo‘lida sodir bo‘lgan ushbu holat jamoatchilikda keng muhokamaga sabab bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan. U 1993-yilda tug‘ilgan V. Andrey bo‘lib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan edi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi 2026 yil 7 yanvar kuni ishni ko‘rib chiqdi. Sud materiallariga ko‘ra, fuqaro A.N. 6 yanvar kuni spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda jamoat joyida ayolga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgan. U dastlab avtobus bekati oldida, keyin esa yer osti yo‘lida jabrlanuvchiga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan.

 

Jabrlanuvchi ayol sudda bergan ko‘rsatmasida sodir bo‘lgan voqealardan qattiq qo‘rqqanini, hatto xavfsizlik uchun do‘kon ichida bir muddat pana bo‘lib turganini aytgan. U erkakka nisbatan qonunda belgilangan qatʼiy jazo qo‘llanishini so‘ragan.

 

Sud qaroriga asosan, A.N. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning bir necha moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi va unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, undan 927 ming so‘m miqdorida jarima undirilishi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика