1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Vaksinasi va davosi bo’lmagan Nipah virusi O’zbekistonga ham kirib keladimi?

Hindistonda tarqalgan xavfli virus bo’yicha O’zbekiston Sanepidqo’m ma’lomot berdi.

Vaksinasi va davosi bo’lmagan Nipah virusi O’zbekistonga ham kirib keladimi?

 

 

 

Hindistonning Kalkutta shahri yaqinida vaksina va aniq davosi mavjud bo‘lmagan o‘ta xavfli Nipah virusi tarqalishi qayd etildi. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, virus hozircha mamlakat hududida aniqlanmaganini ma’lum qildi.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Nipah virusi zoonoz kasallik bo‘lib, u hayvonlardan odamlarga yuqadi. Asosiy manba sifatida ko‘rshapalaklar ko‘rsatiladi. Virus, shuningdek, zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari orqali yoki odamdan odamga ham yuqishi mumkin.

 

Nipah virusi og‘ir kechuvchi kasalliklarni, jumladan, bosh miya yallig‘lanishi va nafas yo‘llari zararlanishini keltirib chiqaradi. So‘nggi yillarda Hindistonda ushbu virus bilan bog‘liq holatlar muntazam kuzatilmoqda, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyoning ayrim davlatlarida ham kasallanish holatlari qayd etilgan.

 

Qo‘mita Hindistonga safar rejalayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishni tavsiya etdi. Xususan, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, qo‘llarni sovun bilan tez-tez yuvish, antiseptiklardan foydalanish, meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish, tekshirilmagan suvni ichmaslik hamda ko‘rshapalaklar tishlagan yoki shikastlagan mevalarni iste’mol qilmaslik zarurligi eslatildi. Yuqori harorat, kuchli bosh og‘rig‘i yoki boshqa alomatlar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика