AQSH Ukraina hukumati faoliyati uchun oyiga 1.5 milliard dollardan pul ajratishga tayyor. Bu haqda davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Derek Xogan maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ka, Kiyevga yordam masalasida Vashington o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda fikrlashi kerak.
“O‘rta muddatli istiqbolda Ukraina hukumatining to‘xtovsiz faoliyat olib borishiga eʼtibor qaratishimiz zarur. Shu maqsadda allaqachon 1 milliard dollar mablag‘ ajratdik. Bundan tashqari, 3-4 oy davomida 1.5 milliard dollardan yordam ajratish imkonimiz bor”, – degan diplomat.
Avvalroq Fransiya prezidenti Ukrainaga og‘ir qurollar yetkazib berishga vaʼda bergandi.


