1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoy yuani 2008-yilgi darajasida pastladi

Bunga nima sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Xitoy yuani 2008-yilgi darajasida pastladi

 

Gonkongda yuan kursi 2008-yildan beri eng past darajaga tushdi. Hang Seng China Enterprises indeksi 7 foizdan ko‘proqqa pastlagan



«Bu Hang Seng China Enterprises indeks yaratilganidan beri eng yomon ko‘rsatkich. Bunday holat Xitoy Kommunistik partiyasi qurultoyiga kelgan Xitoy Xalq Respublikasining sobiq raisi, prezidium aʼzosi Xu Szintao zaldan chiqarib yuborilgan kunning ertasiga qayd etildi.

 

Sarmoyadorlar uchun Prezident Si Szinpinning tugamagan uchinchi muddati Pekinning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishdan manfaatdor emasligidan dalolat beradi. Xitoy Kommunistik partiyasi boshqaruv organlariga Si Szinpinning sodiq tarafdorlarining saylanishi esa yuqoridagi rahbar atrofida hokimiyatning jamlanishi yakunlanganini bildiradi», - deyiladi veb-saytda.

 

Alibaba, JD va Meituan kabi yirik texnologiya kompaniyalari aksiyalari 11 foizdan ko‘proqqa arzonlashgani xabar qilingan. Xitoy rahbariyati endi davlat kompaniyalari hisobidan rivojlanishni o‘z zimmasiga oladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика