
Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, hozirgacha bir milliarddan ortiq fuqaro to‘liq emlangan. Bu mamlakat aholisining 70 foizini tashkil etadi. Shuningdek, 12-17 yoshli o‘smirlarning 95 millioni, 60 yoshdan oshganlarning 200 milliondan ortig‘i vaksina olgan. 15 senyatbr holatiga ko‘ra, Xitoyda jami 2,16 milliard doza vaksina ishlatilgan.
Avgust oyidagi holatga ko‘ra, butun dunyoda jami 5 milliard doza vaksina ishlatilgan. Buning yarmidan ko‘pi Xitoy va Hindistonga to‘g‘ri keladi.
Dunyo miqyosida emlash ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Xususan, AQSH va Buyuk Britaniyada bolalarni ham emlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bunda Pfizer/BioNTech vaksinasidan foydalaniladi. Shuningdek, AQSHda hukumat tizimida xizmat qiladiganlar majburan emlanishi joriy qilindi.
Olimlar koronavirusni yengishning yagona yo‘li emlanish ekanini aytishmoqda. Baʼzi davlatlarda vaksina olganlarga yengilliklar berilgan. Masalan, Avstriyada emlanganlar uchun pandemiya yakunlangani eʼlon qilindi.
Jahongir Qo‘ziyev


