1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Xonanda Maksim ijodida pauza e'lon qildi

U jonli ijroda kuylashga qiynalmoqda.

Xonanda Maksim ijodida pauza e'lon qildi

 

Rossiyalik xonanda spirtli ichimlikka qaramligi tufayli davolanishdan so'ng karyerasida pauza eʼlon qilishga qaror qildi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, MakSim jonli ijroda kuylashga qiynalmoqda, shu bois u nomaʼlum muddatga ommaviy konsertlardan bosh tortgan. Biroq xonanda yopiq korporativ tadbirlarda chiqish qilishi mumkin. Buning uchun xonanda xizmat narxini 4,5 million rubldan 3 millionga kamaytirdi.

 

Qo‘shiqchi bu holatda katta auditoriya oldiga chiqish noto‘g‘ri deb hisoblaydi va sog‘ligi tiklanishi uchun biroz vaqt kerakligini aytadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyida Maksim birinchi marta spirtli ichimliklarga qaramligi haqida gapirgandi. Shundan so‘ng davolanishni boshlagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика