1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Hozirda unga nisbatan ikkita modda bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Xorazmda profilaktika inspektori pora bilan qo‘lga tushdi

Xorazm viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida profilaktika inspektori pora olayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro tanishi bilan o‘zaro kelib chiqqan nizoli masala yuzasidan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, hamkorlikda ochilgan xususiy korxonaga aloqador hujjatlardagi imzolar sherigi tomonidan soxtalashtirilgan, daromadlar esa o‘zlashtirib kelinayotgani bildirilib, masala huquqiy tartibda ko‘rib chiqilishi so‘ralgan.

 

Shu jarayonda mazkur hudud uchun mas’ul profilaktika inspektori tanishlari orqali ekspertiza natijalarini fuqaro foydasiga chiqarib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u 1 000 AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan. Tezkor tadbir davomida inspektor Xiva shahrida pulni olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

 

Holat yuzasidan Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari) orqali 211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda xodimga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика