1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda — Ozodbek Nazarbekov

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi madaniy yaqinlashuv hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati mintaqada yangi ufqlarni ochmoqda — Ozodbek Nazarbekov

So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekiston tashabbuslari tufayli Markaziy Osiyo mintaqasi siyosiy xaritada butunlay yangicha qiyofa kasb etdi. Davlat rahbarlarining uchrashuvlari, xususan, yettinchi Maslahat uchrashuvi jarayonlari mintaqa mamlakatlari endi raqobatchi emas, balki ishonchli hamkor ekani yana bir bor ko‘rsatdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati sabab Markaziy Osiyoda o‘zaro hurmat, ochiqlik va bag‘rikenglik tamoyillari mustahkamlanib bormoqda.

 

Ushbu jarayonda madaniyat, san’at va adabiyot aloqalari muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda davlat rahbarlarining tashriflari doirasida san’atkorlar chiqishlari, madaniy almashinuv tadbirlari, birgalikdagi festivallar muntazam yo‘lga qo‘yildi. Prezident Mirziyoyevning qo‘shni mamlakat rahbarlariga kitob sovg‘a qilish an’anasi ham xalqlar o‘rtasidagi yaqinlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. NAVOIY, JOMIY, FUZULIY, MAXTUMQULI, ABAY va AYTAMATOV kabi buyuk allomalar umumiy madaniy meros sifatida e’zozlanayotgani mintaqa xalqlarining tarixi va ruhiyati bir ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

 

Maslahat uchrashuvi davomida Markaziy Osiyoning xavfsizlik va barqarorlik konsepsiyasi, xavf-xatarlar katalogi hamda 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejalari qabul qilindi. Shuningdek, san’at, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish, yosh ijodkorlar almashinuvi dasturlari, raqamlashtirish va merosni tiklash loyihalarini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish tashabbusi ham qo‘llab-quvvatlandi.

 

Prezident Mirziyoyev ilgari surgan yana bir muhim g‘oya — mintaqaning umumiy qadriyatlariga tayangan “Oqsoqollar kengashi”ni tuzish taklifi bo‘ldi. Uchrashuvlar jarayonida “Markaziy Osiyo hamjamiyati” strategik formatini shakllantirish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Bugun Markaziy Osiyo iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan birlashib borayotgan yagona makon sifatida e’tirof etilmoqda. Yangi O‘zbekistonning ma’rifiy siyosati esa nafaqat mamlakat, balki butun mintaqaning kelajak taraqqiyoti uchun yangi ufqlar ochmoqda.

 

                                                                                                                                                 Ozodbek Nazarbekov,

                                                                                                                                                          Madaniyat vaziri

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика