1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yepropa davlatlari Rossiyadan gaz importini to‘xtatmoqchi

Bu bo‘yicha 10 ta davlat taklif bilan chiqdi.

Yepropa davlatlari Rossiyadan gaz importini to‘xtatmoqchi

Yevropa Ittifoqining o‘nta davlati imkon qadar tezroq Rossiyadan gaz importini to‘liq to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.

 

Ushbu taklif Litva, Latviya, Estoniya, Daniya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Shvetsiya, Irlandiya va Finlyandiya tomonidan ilgari surildi. Rossiya gazini quvur orqali ham, suyultirilgan holda ham import qilishni taqiqlashni taklif qilinmoqda. Bunga muqobil sifatida 2022 yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan RePowerEU strategiyasiga muvofiq importni bosqichma-bosqich qisqartirish taklif etilmoqda.

 

RePowerEU strategiyasi Yevropa Ittifoqi 2027 yilgacha Rossiya gazidan butunlay voz kechish, boshqa yetkazib beruvchilarga o‘tish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishni nazarda tutadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика