1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yuqori Chirchiqda psixotrop dorilar saqlagan shaxs ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Yuqori Chirchiqda psixotrop dorilar saqlagan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati hududida sintetik giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga qarshi keng masshtabda nazorat reyd tadbirlari davom etmoqda.

 

Xususan, IIBB Tezkor qidiruv xizmati va Chirchiq shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1982 yilda tug‘ilgan shaxs (qora bozordagi taxminiy narxi 50 million so‘m bo‘lgan) 375 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini, o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.

 

Holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251(1) -moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика