Qo‘qon Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deb e’lon qilindi
Qo‘qondagi Jome majmuasida tashkil etilgan tadbirda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) bosh kotibi Bog‘dod Amreyev, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon va O‘zbekistondan turizm sohasiga mas’ul vazirlar ishtirok etmoqda.

Bugun, 24 iyun kuni Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan mehmonlar Qo‘qon shahrida tantanali kutib olindi.
Qo‘qondagi Jome majmuasida tashkil etilgan tadbirda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) bosh kotibi Bog‘dod Amreyev, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarboyjon va O‘zbekistondan turizm sohasiga mas’ul vazirlar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov yig‘ilishda qator takliflarni ilgari surdi. Transport logistikasini rivojlantirish, madaniy meros obektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etish, turkiy davlatlar yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimini tuzish, Boburiylar sulolasi hukmronlik qilgan qadimgi Axsikent qal’asi hududida “Turkiy ovoz” qo‘shiq va kuy festivalini tashkil etish takliflari shular jumlasidan.

Yig‘ilishda Ipak yo‘li ravnaqiga muhim hissa qo‘shgan Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti sifatida qo‘llab-quvvatlash taklifi ham ilgari surildi. Yig‘ilish ishtirokchilari buni ma’qulladi va Qo‘qon shahri Turkiy kengashning ilk turizm poytaxti deya e’lon qilindi.







