Jamiyat

Nobud bo‘lishini kutayotgan daraxtlar — Rasul Kusherbayev

bu daraxtlar Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani va Yangiyo‘l shahridan o‘tgan 4R23b “M39 avtoyo‘lidan Yangiyo‘l shaxriga shaxobcha” avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan. Ushbu yo‘l kengayishi uchun jami 413 ta daraxtlar kesilishi kerakligi aytilgan.

Nobud bo‘lishini kutayotgan daraxtlar — Rasul Kusherbayev

Nobud bo‘lishini kutayotgan daraxtlar — Rasul Kusherbayev

Rasul Kusherbayev o‘zining telegramdagi shaxsiy sahifasida “Nobud bo‘lishini kutayotgan daraxtlar” nomi ostida Yangiyo‘l tumanida ayrim hududlarda yo‘l kengaytirish ishlari boshlangani sababli ko‘p yillik mevali va manzarali daraxtlar kesilishi mumkinligi xususida post joyladi.

 Unda aytilishicha, bu daraxtlar Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani va Yangiyo‘l shahridan o‘tgan 4R23b “M39 avtoyo‘lidan Yangiyo‘l shaxriga shaxobcha” avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan. Ushbu yo‘l kengayishi uchun jami 413 ta daraxtlar kesilishi kerakligi aytilgan. Daraxtni ko‘chirib o‘tkazish esa katta mablag‘ sarf qilinar ekan.

 

 Barchamizga maʼlumki, yo‘l qurilishi yoki boshqa qurilishlar mahalliy hokimliklar tomonidan davlat dasturiga kiritiladi, davlat dasturi tasdiqlangandan so‘ng mablag‘ ajratiladi, ajratilgan mablag‘ hisobidan tender eʼlon qilinib yutgan korxona qurilish ishlarini amalga oshiradi.

Maʼlum bo‘lishicha, «Toshkent ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi» yo‘lni kengaytirish bo‘yicha ishlarini boshlagan. Ularga yo‘lni rekonstruksiya qilishga halaqit berayotgan 72 tup har xil daraxtlarni kesish bo‘yicha aynan shu korxona Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Zamon.uz muxbiri Munojat Valiyeva Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot kotibi Barakabek Nurulloyev bilan bog‘landi.

– Hozirda ushbu masala bo‘yicha Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri Registon ko‘chasining ayrim hududlari kengaytirish munosabati bilan qurilish maydonidagi Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni hatlovdan o‘tkazdik. Xatlov natijalariga ko‘ra, ushbu hududda o‘sish holatida bo‘lgan ko‘p yillik 64 tup manzarali hamda 282 tup mevali daraxtlar mavjudligi aniqlangan.

Daraxtlarni boshqa yerga ko‘chirib o‘tish imkoni mavjudmi?

– Hozirgi kunda havo harorati yuqoriligi, daraxtlar yoshining kattaligini va boshqa sabablarni inobatga olgan holda ushbu daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazish imkoniyati mavjud emas. Shuningdek, Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati uzaytirilganligini inobatga olib, Yangiyo‘l tumani hududidan hokimlikning qarori asosida “Yashil maydon” uchun yer ajratgan holda kesilishi mumkin bo‘lgan kam qimmatli har bir daraxt va butalar o‘rniga qimmatliligi jihatdan kam bo‘lmagan 10 tup yirik o‘lchamli ko‘chat ekish hamda ularni kamida ikki yil parvarish qilish maqsadga muvofiqligi yuzasidan mahalliy hokimliklarga takliflar kiritilgan.

Daraxtlarni kesish bo‘yicha korxona arizasiga Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi qanday javob berdi?

– Arizaga rad javobini berdik.

 

 Munojat Valiyeva

 

Nobud bo‘lishini kutayotgan daraxtlar — Rasul Kusherbayev | Zamon.uz