Jizzaxda uch kishi 20 yoshli qizni o‘g‘irlab ketdi
Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Mirzadala shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 2001 yilda tug‘ilgan qizi uyidan chiqib, ishiga bormaganligini bildirgan.

Olib borilgan surishtiruvlar davomida qizning o‘g‘irlanganligi aniqlandi. Maʼlum bo‘lishicha, tuman markazida yashovchi uch nafar yigit jabrlanuvchining qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan uni “Nexia”ga majburlab mindirib, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududiga olib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tumanining “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.M., “Yerjar” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi H.M. hamda B.A. ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







