Jamiyat

Ozodbek Nazarbekovning vaksinadan keyingi ahvoli qanday?

Bugun «Xalqaro press-klub» jonli efirida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov vaksina qabul qildi. Vazir vaksinadan keyingi holati haqida post qoldirdi.

Ozodbek Nazarbekovning vaksinadan keyingi ahvoli qanday?

«Hozirda o‘zimni yaxshi his qilyapman. Tibbiyot xodimlarining bergan tavsiyalariga amal qilsak, barchasi yengil kechadi. 

O‘ylaymizki, vaksina qabul qilish, odatdagi hayotimizga qaytishning yagona chorasidir», – dedi u va qo‘shimcha qildi: «Maʼlumotlarga ko‘ra, inson tug‘ilganidan boshlab, umri davomida 14 ta vaksina olarkan. Covid-19 virusiga qarshi emlashni 15-vaksina deb qabul qilishimiz kerak. 

Chunki biz bugun barchani uyga qamalib, xavotir ichida yashashga majbur qilgan ushbu virusdan faqat emlanibgina xalos bo‘la olamiz».

Ozodbek Nazarbekovning vaksinadan keyingi ahvoli qanday? | Zamon.uz