Jamiyat

Marixuana sotgan ogʻufurushning kirdikorlari fosh etildi

Dehqonobod tumanida viloyat IIB xodimlari tomonidan yana bir ogʻufurushning kirdikorlari fosh etildi.

Marixuana sotgan  ogʻufurushning kirdikorlari fosh etildi

Jumladan, Dehqonobod tumani Togʻaytemir qishlogʻida yashovchi M.X. tumanning “Dehqonobod” MFY hududidagi “Avtoshoxbekat” yonida N.F.ga 1021,2 gramm marixuana giyohvandlik vositasini 1.500 AQSH dollariga sotgan vaqtda viloyat IIB va tuman ichki shshlar boʻlimi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marixuana sotgan ogʻufurushning kirdikorlari fosh etildi | Zamon.uz