O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega 10ta davlat nomi maʼlum qilindi
O‘zbekiston mahsuloti va tovarlari eng ko‘p Xitoy, Turkiya va Rossiya mamlakatlariga eksport qilingan.


Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston mahsulot va tovarlarni qaysi davlatlarga eng ko‘p eksport qilayotgani maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, 2021 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston eksportida Xitoy (835,4 million AQSH dollari), Turkiya (694,1 million AQSH dollari), Rossiya (658,6 million AQSH dollari), Qozog‘iston (442,0 million AQSH dollari), Afg‘oniston (296,3 million AQSH dollari), Qirg‘iziston (273,0 million AQSH dollari), Tojikiston (153,8 million AQSH dollari), Kanada (84,8 million AQSH dollari), Eron (81,6 million AQSH dollari), Ukraina (68,7 million AQSH dollari) davlatlari yuqori ulushga ega bo‘lgan.
Maʼlum qilinishicha, 2021 yilning yanvar—may oylarida O‘zbekistonning jami eksport hajmi $5,7 milliardga teng bo‘lgan.







