14 iyul kuni Toshkent shahrida va respublika bo‘yicha raqamli teledasturlarni (MTRK teledasturlaridan tashqari) tarqatish vaqtincha to‘xtatiladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati maʼlum qilidi.


“RRTM” DUKning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatkichlarida, antenna-fider tizimlarida va sunʼiy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida yarim yillik profilaktika ishlari joriy yilning 6-30 iyul kunlari o‘tkaziladi.
14 iyul kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha (13 iyuldan 14 iyulga o‘tar kechasi) raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va soat 01:00 dan 10:00 gacha teleradio uzatkichlarda yarim yillik profilaktika o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo‘yicha raqamli teledasturlarni tarqatish vaqtincha to‘xtatiladi.







