Amerikalik erkak 10 daqiqa ichida 76 ta hotdog yeb, jahon rekordini o‘rnatdi
Indianalik Joui Chestnat ismli erkak 4 iyul kuni Nyu-Yorkda o‘ktazilgan musobaqada 10 daqiqa ichida 76 ta hotdog yeb, jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi Esquire.


Chestnat hisob bo‘yicha 14-bellashuvda g‘alaba qozonmoqda. Erishgan natijalari sabab Jouiga “Jag‘lar” laqabi berilgan.
Chestnat 2020 yilda ham g‘olib chiqqan edi, o‘shanda bellashuv koronavirus pandemiyasi sabab tomoshabinlarsiz o‘tkazilgan. Rekord o‘rnatish uchun erkak 75 ta hotdogni yegan.
Ayollar o‘rtasidagi birinchilik Mishel Leskoga nasib etdi — u 10 daqiqa ichida 30 to‘liq va bitta yari hotdogning 3/4 qismini yeyishga muvaffaq bo‘lgan.







