Jahon

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Medicare dasturining Part B yo‘nalishida ro‘yxatdan o‘tgan 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka bir martalik 90 dollarlik to‘lov berilishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, to‘lovlar Medicare Improvement Fund hisobidan amalga oshiriladi. Aksariyat fuqarolarga 90 dollar oktyabr oyining boshida bank hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi, bank orqali to‘lov olish imkoniga ega bo‘lmaganlarga esa chek yuboriladi.

 

Mazkur to‘lovlar Trampning amerikaliklarga pul berish haqidagi boshqa va’dalari fonida e’lon qilindi. Prezident sentyabr oyida Respublikachilar partiyasi noyabr oyidagi oraliq saylovlarda Vakillar palatasi va Senatda nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSh fuqarosiga 5 ming dollardan berilishini aytgan edi. Tramp bu rejani “Trump dividend” deb atagan va 3-oktyabr kuni ham va’dasini takrorlagan.

 

Biroq 5 ming dollarlik to‘lov hozircha amalga oshirilayotgani yo‘q. Trampning bayonotiga ko‘ra, bu mablag‘ faqat respublikachilar saylovdan keyin Kongressning har ikki palatasidagi nazoratni saqlab qolgan taqdirda berilishi ko‘zda tutilgan. Taklifni amalga oshirish uchun esa Kongress tomonidan tegishli qaror va mablag‘ ajratilishi kerak bo‘ladi.

 

 

 

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

custom img

"Men boshqalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ya olmasdim”: Flydubai kapitani voqea tafsilotlarini aytdi

Flydubai reysida ikkinchi uchuvchi tomonidan hujumga uchragan Smit Machchhar Hindiston Bosh vaziri bilan suhbatlashdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"