Jahon

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘latga qarshi institut xodimasi vafot etganidan so‘ng bir qator shifoxonalarda karantin joriy qilindi. Bu haqda “Meduza” nashri yozmoqda.



Maʼlumotlarga ko‘ra, 28 yoshli laborant Darya Shipilova 2 oktyabrga o‘tar kechasi vafot etgan. U Irkutskdagi O‘latga qarshi institutda ishlagan. Xodima 29 sentyabr kuni Shelexovdagi shifoxonaga yotqizilgan.



Vaziyat sabab Shelexovdagi markaziy shifoxona karantinga o‘tkazilgan. Ayrim bo‘limlarda bemorlarni qabul qilish va chiqarish vaqtincha cheklangan.


“Rospotrebnadzor” marhumada kelib chiqishi nomaʼlum pnevmoniya bo‘lganini maʼlum qilgan.



Ayni paytda 1-, 3- va 10-sonli shahar klinik shifoxonalari, tug‘ruqxona hamda Ivano-Matreninsk bolalar klinik shifoxonasi karantinga yopilgan. Bundan tashqari, Shelexov shahridagi Irkutsk alyuminiy zavodida (IrkAZ) niqob taqish rejimi joriy etilgan.



Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev 2 oktyabr kuni epidemiyaga qarshi komissiyaning navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazgan. Unda Rossiyaning bosh davlat sanitariya shifokori Anna Popova ham ishtirok etgan. Yig‘ilishga fuqarolardan birida «o‘ta xavfli infeksiya» aniqlangani ehtimoli sabab qilib ko‘rsatilgan.



Kobzevning so‘zlariga ko‘ra, epidemiyaga qarshi barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Yaqin aloqada bo‘lgani aniqlangan barcha shaxslar esa tibbiy kuzatuvga olingan.



Marhuma ayol bilan aloqada bo‘lgan 197 nafar shaxs tibbiy kuzatuvga olingan. Ularda hozircha kasallik belgilari aniqlanmagan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.