Jahon

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

3–4 oktyabr kunlari Saudiya Arabistoni va Yamanning husiylar harakati o‘rtasidagi qarama-qarshilik yana-da keskinlashdi. Saudiya Arabistoni Qurolli kuchlari Yaman poytaxti Sano shahriga hujum uyushtirdi. Sano shahri ayni paytda husiylar nazorati ostida hisoblanadi.



Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koni bo‘lgan “Haris”ga hujum qilgan. Shuningdek, Sharq–G‘arb neft quvuri hamda Ar-Riyod shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga yangi zarbalar bergan.



Sunʼiy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar “Haris” konidagi neft-gaz infratuzilmasiga zarar yetganini tasdiqlagan. Ar-Riyoddan olingan yangi videolavhalar neftni qayta ishlash zavodi yong‘in ichida qolganini ko‘rsatmoqda.



Maʼlumot uchun, Sharq–G‘arb neft quvuri Saudiya Arabistoni uchun strategik ahamiyatga ega. Taxminan 1,2 ming kilometr uzunlikdagi ushbu tizim mamlakat sharqidagi neft konlarini Qizil dengiz sohilidagi Yanbu porti bilan bog‘laydi. Quvur Saudiya neftini Fors ko‘rfazidan Hurmuz bo‘g‘ozi orqali olib o‘tmasdan eksport qilish imkonini beradi.



Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ham Yaman husiylari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi «Saudi Aramco» neft majmuasiga hujum uyushtirgan edi.

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroil hujumlari G‘azoni “zaharli xaroba”ga aylantirdi — Oxfam

Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlari suv, tuproq va havoning keng ko‘lamda ifloslanishiga olib kelib, aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirmoqda.

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Narkotik kontrabandasining g‘ayrioddiy usuli: 4 kishi 280 ta kapsula bilan ushlandi

Gumonlanuvchilar sud qarori bilan hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda josuslik ishi: davlat sirlarini sotgan amaldor o‘limga hukm qilindi

Amaldor xorijiy davlatga 100 dan ortiq ma'lumot yetkazgan, ularning 35 tasi davlat siri deb topilgan.

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Kaliningrad blokadasi xavfi: Rossiya ikkita temiryo‘l paromi quradi

Ushbu chora Kaliningrad viloyatini transport blokadasidan himoya qilish va uning uzluksiz ta’minotini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan chiqmoqda: BMTga bildirishnoma yuborildi

Mamlakat 2027-yil noyabridan statut ishtirokchisi bo‘lmaydi.

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Yangi Konstitutsiya rad etilsa, Pashinyan bosh vazirlikdan ketadi

Armaniston bosh vaziri referendum natijasiga qarab iste’foga chiqishi yoki tinchlik jarayonini yakunlash ustida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

Tramp Eron hujumlari kuchayganini aytdi: barcha raketa va dronlar urib tushirilgan

AQSh prezidenti hujumlar kuchayganini AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlar g‘alaba qozongani bilan bog‘ladi.

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qirg‘izistondagi qurilish obyektida yong‘in: ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro esa reanimatsiyaga yotqizilgan.