Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida ancha miqdordagi baliqlarning noqonuniy ovlanishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, fuqaro A.X. va boshqalar ov qilish taqiqlangan mavsumda noqonuniy usulda baliq ovlanayotgan vaqtida ushlanib, ulardan 47 bosh turli xil baliqlar, 4 dona motorli qayiq va 3 000 metr taqiqlangan “Leska” to‘rlari ashyoviy dalil sifatida olingan.


Shuningdek, tadbirda noqonuniy baliq ovlayotgan fuqarolar tomonidan suv havzasiga tashlangan to‘rlar ko‘tarilib tekshirilganida, ushbu to‘rlarga 100 boshdan ortiq baliqlar ilinganligi aniqlanib, hayvonot dunyosiga qo‘yib yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







