Salomatlik

JSST koronavirus tarqalishi barqarorlashganini eʼlon qildi

JSST sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayanning taʼkidlashicha, koronavirus infeksiyasining tarqalishi «yuqori darajada» barqarorlashdi. Bu haqda bayonot Tvitterda eʼlon qilingan.

JSST koronavirus tarqalishi barqarorlashganini eʼlon qildi

«Agar siz grafikni ko‘rib chiqsangiz kasallik tarqalishida co‘nggi ikki hafta ichida qandaydir barqarorlashuv bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin, bu juda yuqori darajada bo‘lgan», - deydi Rayan.

 

Shuningdek, u COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat ikki-uch oy avvalgidan yaxshiroq ekanligini taʼkidlagan. 

Ammo jarayon jahon bo‘ylab notekis ketmoqda: ayrim hududlarda o‘sish, baʼzilarida esa pasayish kuzatilmoqda. Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 184 million nafarga yetgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"