Koronavirusga qarshi emlash guruhlariga talabalar ham kiritildi
Mamlakatimizdagi mavjud epidemiologik holatni inobatga olgan holda masʼul tashkilotlarning takliflariga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan umumiy emlash ishlariga jalb etilgan aholi guruhlari qatori kengaytirildi.


Unga ko‘ra:
18 yoshdan katta bo‘lgan Samarkand va Toshkent viloyati aholisini, shuningdek, imkoniyatdan kelib chiqib, boshqa hududlardagi 18 yoshdan katta aholi qatlamini o‘zlari biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida ixtiyoriy ravishda emlash belgilandi;
Yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta bo‘lgan, bugungi kunda bakalavriatura, magistratura, klinik ordinatura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ixtiyoriy ravishda ommaviy emlash belgilandi.







