Jahon

Neft narxi 3 yillik rekordni yangiladi

5 iyulda Londonning ICE birjasida Brent nefti narxi 1,3 foizga ko‘tarilib, 2018 yil 30 oktyabrdan beri ilk bor bir barreli uchun 77 dollardan oshdi.

Neft narxi 3 yillik rekordni yangiladi

5 iyulda Londonning ICE birjasida Brent nefti narxi 1,3 foizga ko‘tarilib, 2018 yil 30 oktyabrdan beri ilk bor bir barreli uchun 77 dollardan oshdi.

Savdolar vaqtida Brent turidagi neft narxi 77,13 dollargacha yetgan. Ushbu neft oxirgi marta 2018 yil oktyabr oxirida 77 dollardan yuqoriroq turgan.

WTI nefti narxi esa 1,6 foizga oshib, 76,32 dollarga yetgan.

Bloomberg axborot agentligining xabar qilishicha, neft narxi oshishi OPEK+ ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishmovchilik bilan bog‘langan. 5 iyulda Venada neft qazib oluvchi davlatlar ishtirokida bir necha kun davom etgan muzokaralar o‘z yakuniga yetdi. Biroq uchrashuv ishtirokchilari Saudiya Arabistoni va BAA o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikni yengib o‘ta olishmagan.

Bundan tashqari, OPEK+ning keyingi uchrashuvi qachon o‘tishi bo‘yicha bir to‘xtamga kelinmagan. Muzokaralardagi muvaffaqiyatsizlik alyans avgust oyida neft hajmini oshirmasligini anglatadi. Bu esa pandemiyadan keyin jahon iqtisodiyoti tiklanayotgan vaziyatda bozorda neft tanqisligini yuzaga keltirishi mumkin.

Avvalroq Bank of America tahlilchilari neft narxi 100 dollargacha ko‘tarilishini prognoz qilishgan. Ularning fikricha, buning uchun 6ta sabab bor. Ulardan 3tasi talab, yana 3tasi esa taklif bilan bog‘langan.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"