Jahon

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerda aniqlangan zaifliklar haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. U xakerlarni o‘zining shaxsiy akkauntini buzib kirishga chaqirdi.

 

Durovning ta’kidlashicha, ayrim OAVda yozilganidek, shunchaki xabar yuborish yoki uni qabul qilish orqali foydalanuvchi akkauntini egallab olish mumkin emas. Buning uchun avval uchinchi tomon xizmatini faol ishga tushirish talab etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muammo ham server tomonida bartaraf etilgan.

 

«Agar boshqacha fikrda bo‘lsangiz, akkauntimni buzib kirishga urinib ko‘ring», — deb yozdi Durov va o‘z profiliga havola qoldirdi.

 

Bayonotga 11-noyabr kuni V12 nomli «axloqiy xakerlar» guruhi tomonidan namoyish etilgan zaiflik sabab bo‘lgan. Mutaxassislar Android tizimidagi Telegram vidjeti orqali begona kodni ishga tushirish mumkinligini ko‘rsatgan. Namoyishda foydalanuvchi bot bilan suhbatga kirib, ishga tushirish tugmasini bosganidan so‘ng vidjet kalkulyatorni ochgan.

 

Shuningdek, telejam loyihasi muallifi Windows uchun Telegram versiyasida vidjetlar orqali kodni ishga tushirishning yana ikkita usulini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, maxsus tayyorlangan xabarlar vidjet suhbatda paydo bo‘lishi bilanoq, foydalanuvchi hech qanday tugmani bosmasdan kalkulyatorni ishga tushirishi mumkin.

 

Biroq buning uchun ham dastlab bot orqali vidjetning suhbatda paydo bo‘lishi talab etiladi. Hozircha Telegram vidjetlaridagi zaifliklar orqali akkauntlarning ommaviy buzib kirilgani haqida tasdiqlangan ma’lumot yo‘q.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan to'rt kishi qamaldi.

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

BAAda jangni videoga olgan ikki kishi ham olti oyga qamalib, 300 ming dirhamdan jarimaga tortildi.

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Husiylar Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti va Sharqiy-G‘arbiy neft quvuridagi nasos stansiyasiga ham hujum qilganini da’vo qilmoqda.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQShda tug‘ilish orqali fuqarolik olishga urinish: 6 mingdan ortiq viza bekor qilindi

AQSh Davlat departamenti tug‘ilish turizmini tashkil etishga aloqador shaxslarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rmoqda.