Jahon

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina armiyasi Rossiyaga qarshi urushda yer usti jangovar robotlaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Bild nashrining yozishicha, mamlakat harbiylari granatomyotlar, portlovchi moddalar va hatto tankka qarshi qurollar bilan jihozlangan robotlarni jang maydoniga jalb qilmoqda.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, oktyabr oyi oxirida Liman shahri yaqinida robotlar piyodalar hamrohligisiz Rossiya pozitsiyalariga hujum uyushtirgan.

 

Rossiya propagandasi bilan bog‘liq harbiy Telegram-kanallarda ushbu hujum muvaffaqiyatsiz yakunlangani haqida xabarlar tarqalgan. Ularda dronlar robotlarni nishonga olgani va ularning barchasi yo‘q qilingani aytiladi. Biroq bu ma’lumotlarni mustaqil ravishda tasdiqlash imkoni yo‘q. Shunga qaramay, Ukraina tomonidan amalga oshirilgan mazkur hujum urush jarayoni tobora robotlashtirilayotganini ko‘rsatadi.

 

Ekspertlar bunday robotlarning uchuvchi dronlar bilan o‘zaro hamkorligini alohida ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Havodagi dronlar yer usti robotlari uchun «ko‘z» vazifasini bajarib, ularning harakatini boshqaradi va hatto front ortiga olib o‘tishi mumkin.

 

Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oktyabr oyida yer usti robotlari logistika va evakuatsiya bilan bog‘liq 31398 ta operatsiyani bajargan. Yanvar oyida esa bu ko‘rsatkich 7511 tani tashkil etgan.

 

Hozircha robotlarning aksariyati bevosita jangovar harakatlarda qatnashmayapti. Ular asosan yuk tashish, yaralangan va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarni evakuatsiya qilish uchun qo‘llanmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

Emlash darajasi pasaydi, kasallanish oshdi: AQSh qizamiqsiz mamlakat maqomidan ayrildi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda 5 412 ta kasallanish holati qayd etilgan.

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

AQSh Ukrainaga Donbassdan chiqib ketish evaziga NATOga a'zolikni taklif qildi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakat o‘z hududlarini Rossiya tarkibiga qo‘shilgan deb tan olmasligini ta’kidladi.

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Uyiga bostirib kirib, mashinaga majburlab o‘tqazishdi: Rossiyada o'zbekistonlik erkakni o'g'irlagan to‘da jazolandi

Erkakdan tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan to'rt kishi qamaldi.

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

Nurmagomedovning BAAda janjali qamoq bilan yakunlandi: jangchi olti oyga hukm qilindi

BAAda jangni videoga olgan ikki kishi ham olti oyga qamalib, 300 ming dirhamdan jarimaga tortildi.

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Saudiya Arabistoniga raketa hujumi: husiylar ikkita ballistik raketa uchirdi

Husiylar Ar-Riyoddagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti va Sharqiy-G‘arbiy neft quvuridagi nasos stansiyasiga ham hujum qilganini da’vo qilmoqda.

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Sankt-Peterburgda chamadondan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi: 15 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda

Ayol 1-noyabr kuni ishga ketganidan keyin bedarak yo‘qolgan.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik: ayrim hududlarni suv bosdi

Liguriya mintaqasida ikki kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida ko‘chalar va binolarni suv bosdi, ko‘chkilar yuz berdi.