0

O‘zbekistonda jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq qonundan chiqarib tashlandi

O‘zbekistonda vijdon erkinligini taʼminlash har doim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Shu bois, parlament tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi va qabul qilindi. Hujjat Prezident tomonidan imzolandi.

O‘zbekistonda jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq qonundan chiqarib tashlandi

Unga ko‘ra, amaldagi qonunchilik hujjatlarida “ibodat libosi” tushunchasining huquqiy taʼrifi mavjud emasligi sababli jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq Qonundan chiqarib tashlandi.

“Shu bilan birga, amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan, davlat tashkilotlari va muassasalarida xodimlarning kiyinishiga oid talablar ularning ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi”, deyiladi sharhda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"