Qarshi shahrida 18 nafar mahkum jazodan ozod etildi
Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan sayyor sudda shahar IIOFMBda Probatsiya guruhi hisobida turgan bir guruh mahkumlarning ishi ko‘rib chiqildi.


Hech kim jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Shu bois bilib-bilmay, ehtiyotsizlik ortidan jinoyat sodir etgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga boshlab, foydali mehnat bilan shug‘ullanishga jalb etish, jamiyatga moslashuvini taʼminlash, mahkumlarni axloqan tuzatish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Jinoyat qonunchiligida javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash bilan birga, qonunga itoatkor mahkumlarga bir qator imtiyozlarni berish ham nazarda tutilgan. Ushbu normalarning amaldagi real ijrosi sifatida Qarshi shahar IIOFMB Probatsiya guruhi hisobida turgan, belgilangan majburiyatlarni og‘ishmay bajargan 18 nafar mahkum jazodan ozod etildi.







