Qo‘y o‘g‘rilari qo‘lga olindi
Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, yashash hovlisidagi qo‘yxonasida bo‘lgan 4 bosh jami narxi 5.000.000 so‘mlik qo‘ylarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.


Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari va HPMB TP profilaktika inspektori hamda kinologlar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan va Uychi tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Uychi tumanidagi maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 iyul kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







