Ta'lim

SpaceX sentyabrda butun sayyorani sunʼiy yo‘ldosh interneti bilan taʼminlamoqchi

Starlink orbital guruhi 1800ta sunʼiy yo‘ldoshdan iborat, ammo ularning barchasi ham hozircha ishlaydigan orbitasiga chiqmagan. Qolgan qurilmalar ham o‘z joyini egallaganidan so‘ng ular uzluksiz global internet qamrovini taʼminlaydi.

SpaceX kompaniyasi sentyabrda butun dunyoga sunʼiy yo‘ldosh internetini taqdim etishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Reuters.

Starlink sunʼiy yo‘ldosh interneti to‘laqonli ishlashi uchun yer yaqinidagi orbitaga 12 mingta sunʼiy yo‘ldoshni joylashtirish ko‘zda tutilgan. Bu taxminan 10 milliard dollarga tushadi.

Xabar qilinishicha, Starlink orbital guruhi 1800ta sunʼiy yo‘ldoshdan iborat, ammo ularning barchasi ham hozircha ishlaydigan orbitasiga chiqmagan. Qolgan qurilmalar ham o‘z joyini egallaganidan so‘ng ular uzluksiz global internet qamrovini taʼminlaydi.

Barcha sunʼiy yo‘ldoshlar kerakli orbitaga chiqqanidan keyin kompaniya internet uzatish uchun ruxsatnoma olish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Biroq har bir mamlakat uchun alohida ruxsatnoma olish kerakligi bois bu jarayon cho‘zilishi mumkin. Hozirda Starlink kompaniyasining sinov interneti 11 mamlakatda ishlamoqda.

Avvalroq SpaceX rahbari Ilon Mask 2021 yil oxirigacha Starlink sunʼiy yo‘ldosh interneti tezligini 300 Mbit/soniyaga yetkazishini aytgandi.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

SpaceX sentyabrda butun sayyorani sunʼiy yo‘ldosh interneti bilan taʼminlamoqchi | Zamon.uz