Jamiyat

Tadbirkorning huquqlarini buzgan mansabdor shaxslar jarimaga tortildi

mazkur qurilish Qarshi shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i J.X va hokimlik bosh yuriskonsulti Z.I.ning bevosita ko‘rsatmasi asosida sudning tegishli qarori bo‘lmasdan turib, buzib tashlangan

Tadbirkorning huquqlarini buzgan mansabdor shaxslar jarimaga tortildi

Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkor K.A (ism, familiyasi o‘zgartirilgan) qurilish bo‘layotgan obyekt buzdirib tashlanganligidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil – Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur qurilish Qarshi shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i J.X va hokimlik bosh yuriskonsulti Z.I.ning bevosita ko‘rsatmasi asosida sudning tegishli qarori bo‘lmasdan turib, buzib tashlangan.  

 Prezidentimizning 2019 yil 13 avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga xususiy mulkdorlarga ularning huquqlarini buzgan holda zarar yetkazilishiga, shu jumladan, mulk huquqini noqonuniy cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilishga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatishi belgilangan. Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsman Qarshi shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i va bosh yuriskonsultiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, sudga taqdim qildi.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining qarori bilan shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i J.X.ga 4 900 ming so‘m, shahar hokimligi bosh yuriskonsulti Z.I.ga esa 2 450 ming so‘m jarima jazosi qo‘llanildi.  

 

Tadbirkorning huquqlarini buzgan mansabdor shaxslar jarimaga tortildi | Zamon.uz