Toshkentda 1 avgustdan 9 ta avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritiladi
Toshkent shahrida bir qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgartirilib, yangilari tashkil etiladi, deya xabar bermoqda shahar transport boshqarmasi.


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi «Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 157-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi mavjud avtobus yo‘nalishlari tarmog‘i qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Avtobus yo‘nalishlari harakatini muvofiqlashtirishning navbatdagi bosqichida 2021 yilning 1 avgust kunidan boshlab 9 ta (50, 56, 63, 82, 86, 100, 103, 105, 124-sonli) yo‘nalish harakatiga o‘zgartirishlar kiritish va 2 ta yangi (7, 181-sonli) yo‘nalishlarni ochish rejalashtirilmoqda.
Yo‘nalishlar harakatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar quyidagi chizmalarda keltirilgan:








