Jamiyat

Bir qator davlat idoralari rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi

Baxodir Yusupaliyev Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Bir qator davlat idoralari rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi

Baxodir Yusupaliyev Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Fazliddin Umarov DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan DSQ raisining birinchi o‘rinbosari — DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Baxtiyor Atamuradov «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — «O‘zbekchorvanasl» agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Bir qator davlat idoralari rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi | Zamon.uz