Davlat xizmatchilari daromadlari deklaratsiyasi 1 yanvardan joriy etiladi
Prezident farmoniga asosan, deklaratsiyani berishdan bosh tortish va qasddan noto‘g‘ri maʼlumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab bo‘ladi.

2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, ularning turmush o‘rtog‘i va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi.

Prezident farmoniga asosan, deklaratsiyani berishdan bosh tortish va qasddan noto‘g‘ri maʼlumotlarni kiritish uni davlat xizmatidan chetlashtirishga va javobgarlikka sabab bo‘ladi. 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatchilariga xorijda bank hisobraqamlarini ochish, naqd pul mablag‘larini saqlash va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi.
Hujjat bilan shuningdek, mansabdorning o‘z shaxsiy manfaati majburiyatlarini obyektiv va xolis bajarishiga taʼsir ko‘rsatuvchi yoki taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar manfaatlar to‘qnashuvi hisoblanadi.







