Hujjatlarda ko‘rsatilmagan 258 mln. so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi
bojxona yuk deklaratsiyasi va yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 258,7 mln. so‘mlik 560 dona kompyuter quvvat manbaalari borligi aniqlandi

Kontrabanda qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Chuqursoy” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan keltirilgan qiymati 44,6 ming dollarlik kompyuter ehtiyot qismlarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.
Natijada, bojxona yuk deklaratsiyasi va yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 258,7 mln. so‘mlik 560 dona kompyuter quvvat manbaalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







