Olot tumanida aka-singilning janjali o‘lim bilan yakun topdi
T.R. olgan tan jarohatidan voqea joyida vafot etgan

Maʼlum qilinishicha, 2021 yil 4 iyul kuni Olot tumani Usmonshayx mahallasida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan nafaqadagi 63 yoshli T.H. ismli shaxs, 1963 yilda tug‘ilgan o‘zining singlisi 58 yoshli T. R. bilan yer joy talashishi oqibatida kelib chiqqan janjal vaqtida singlisining ko‘krak qafasi hamda bel sohasiga oshxona pichog‘i bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada, T.R. olgan tan jarohatidan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Olot tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro T.H. ish bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.







