O‘zbekistonda bir kunda 500ga yaqin koronavirus holati tasdiqlandi, 4 bemor vafot etdi
O‘zbekistonda 6 iyul kuni 471 kishida koronavirus aniqlanib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 114 039 nafarga yetdi.


«2021 yil 6 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 114039 (+471) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
-
26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
-
10 nafari Andijon viloyatida,
-
12 nafari Buxoro viloyatida,
-
51 nafari Jizzax viloyatida,
-
15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
-
10 nafari Navoiy viloyatida,
-
15 nafari Namangan viloyatida,
-
37 nafari Samarqand viloyatida,
-
20 nafari Sirdaryo viloyatida,
-
19 nafari Surxondaryo viloyatida,
-
20 nafari Farg‘ona viloyatida,
-
10 nafari Xorazm viloyatida,
-
52 nafari Toshkent viloyatida,
-
174 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
-
Bundan tashqari, kecha kun davomida 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
-
Andijon viloyatida 67 nafar,
-
Buxoro viloyatida 15 nafar,
-
Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
-
Samarqand viloyatida 40 nafar,
-
Surxondaryo viloyatida 75 nafar,
-
Farg‘ona viloyatida 42 nafar,
-
Xorazm viloyatida 27 nafar,
-
Toshkent viloyatida 46 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109676 (+327) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 758 nafarni tashkil qildi.







