Jamiyat

O‘zbekistonda hafta davomida kuchli shamol va changli bo‘ronlar kuzatilishi kutilmoqda

8−10 iyul kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab shamol 20 m/s.gacha kuchayadi, sinoptiklar hafta davomida changli bo‘ronlar kuzatilishi kutilayotganidan ogohlantirishdi.

O‘zbekistonda hafta davomida kuchli shamol va changli bo‘ronlar kuzatilishi kutilmoqda

 

 

8 iyulda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9-10 iyul kunlarida respublikaning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan deyarli salqin havo massalari kirib keladi.

 

7 iyulda Qoraqalpog‘iston bo‘yicha, 8-10 iyulda respublikaning barcha hududlari bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

O‘zbekistonda hafta davomida kuchli shamol va changli bo‘ronlar kuzatilishi kutilmoqda | Zamon.uz