O'zbekiston

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 1 iyuldagi farmoni (PF-6255) bilan 2021−2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi tasdiqlandi.

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi tasdiqlandi

 

 

«Strategiyaning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali va bir vaqtning o‘zida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlashdir», — deyiladi hujjatda.

Strategiyada qayd etilishicha, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi mavjud tajriba, shuningdek, mintaqa davlatlaridagi mazkur tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha holatning retroprospektiv va qiyosiy tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik faoliyati, asosan, millatchilik (milliy), ijtimoiy, diniy va boshqa radikal siyosiy g‘oyalar ostida amalga oshirilmoqda.

Quyidagilar strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, anʼanaviy qadriyatlar va bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilish;

  • voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish;

  • xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;

  • uzoq muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari taʼsiridan himoya qilish;

  • ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishga qarshi kurashish;

  • fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi ishtirokini taʼminlash;

  • ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy taʼqib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;

  • ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

  • xalqaro va mintaqaviy hamkorlik.

Strategiyani uch bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Birinchi bosqichda (2021 yil) quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • strategiyani amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash, mazkur muammoni birgalikda hal qilish uchun keng jamoatchilik va xalqaro tashkilotlarni jalb qilish;

  • ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston qonunchiligini rivojlantirish istiqbollarini belgilash;

  • ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga qarshi kurashish bo‘yicha davlat hokimiyati va o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy taʼminlangani va uyg‘unligini takomillashtirish;

  • vaziyatni monitoring va tahlil qilishning kompleks dasturlarini tashkil etish, shuningdek, muammolarni aniq belgilash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Ikkinchi bosqichda (2022−2025 yillar) quyidagilar belgilandi:

  • ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan amaldagi qonunlarni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va yangilarini qabul qilish;

  • milliy axborot makonini ekstremistik va terrorchilik mafkura kirib kelishidan qo‘shimcha himoyalashga qaratilgan tizimni yaratish;

  • strategiyani amalga oshirishda erishilgan natijalarni monitoring qilish;

  • ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishdan kelib chiqaradigan xavf, tahdid va xatarlarni, shuningdek, mamlakatdagi millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarni kompleks tahlil qilib, vaziyatning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha prognozlarni hamda aniqlangan xavf, tahdid va xatarlarni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Uchinchi bosqichda (2026 yil) ushbu strategiyani amalga oshirish natijalarini umumlashtirish hamda mazkur sohada strategik rejalashtirish bo‘yicha yangi hujjatlarni ishlab chiqishga qaratilgan takliflarni tayyorlash, shuningdek, idoralararo darajada tashkiliy xarakterdagi choralar qabul qilinishini taʼminlash nazarda tutiladi.

Hujjatda qayd etilishicha, strategiyani amalga oshirish ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va mafkuraviy mexanizmlarning samarali tizimini, shuningdek, jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish va boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident farmoni bilan O‘zbekistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi tasdiqlandi | Zamon.uz