Jamiyat

Qashqadaryoda 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketib, vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qashqadaryoda 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketib, vafot etdi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, futbolchi Asadbek To‘rayev 6 iyul kuni soat 13:00-14:00 orasida do‘stlari bilan Chimqo‘rg‘on suv omboriga cho‘milishga borgan va cho‘milish paytida cho‘kib ketgan. Do‘stlari uning jasadini qirg‘oqqa olib chiqqan.

 

Asadbek To‘rayev tumandagi 83-maktabning 11-sinf o‘quvchisi bo‘lgan. U tumandagi “Qamashi” futbol klubi yarim himoyachisi hisoblangan. Jamoasi bilan birgalikda 12−15 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan DXX raisi kubogida chempion bo‘lgan.

 

Nasafnews‘ning Qamashi tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Nurbek Rasulovga tayanib yozishicha, marhum yigitning jasadi ekspertizadan o‘tkazish uchun olib ketilgan.

Qashqadaryoda 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketib, vafot etdi | Zamon.uz